Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 10-avgust
Ushbu hujjat Pravali mobil ilovasi (iOS va Android) va pravali.uz saytiga tegishli. U qanday ma'lumot to'planishini, nima uchun kerakligini va uni qanday o'chirishni tushuntiradi.
Qisqacha: ilova reklama ko'rsatmaydi, ma'lumotlaringizni hech kimga sotmaydi va uchinchi tomon tahlil (analytics) tizimlaridan foydalanmaydi. To'planadigan ma'lumot faqat hisobingiz va o'quv natijalaringizni saqlash uchun kerak.
1. Qanday ma'lumot to'planadi
| Ma'lumot | Nima uchun | Majburiymi |
|---|---|---|
| E-pochta manzili | Hisobga kirish (bir martalik kod yuboriladi) | Ha, agar e-pochta bilan kirsangiz |
| Ism, familiya, avatar | Profilni ko'rsatish. Google yoki Apple orqali kirsangiz shu xizmatdan keladi | Yo'q |
| Jins, tug'ilgan yil, hudud, avtomaktab holati | Statistika va tavsiyalarni moslashtirish | Yo'q |
| Test natijalari, xatolar, saqlangan savollar | Progressni saqlash va qurilmalar orasida sinxronlash | Ha |
| Rang ko'rish testi natijasi | Faqat sizga ko'rsatish uchun; tibbiy xulosa emas | Yo'q |
Ilova joylashuvni, kontaktlarni, kameraga va mikrofonga kirishni so'ramaydi. Qurilmangizdagi fayllarni o'qimaydi.
2. Apple va Google orqali kirish
Sign in with Apple yoki Google bilan kirsangiz, biz o'sha xizmatdan faqat identifikator, e-pochta va (agar berilsa) ismni olamiz. Parolingizni hech qachon ko'rmaymiz. Apple «e-pochtani yashirish» funksiyasidan foydalansangiz, biz faqat Apple bergan taxallus manzilni ko'ramiz.
3. Ma'lumot qayerda saqlanadi
Savollar bazasi va sizning javoblaringiz telefonning o'zida saqlanadi — shuning uchun ilova internetsiz ishlaydi. Hisob va progress Germaniyadagi serverda (Hetzner, Finlyandiya/Germaniya) saqlanadi va HTTPS orqali uzatiladi.
4. Kim ko'ra oladi
Hech kim. Ma'lumotlaringiz sotilmaydi, ijaraga berilmaydi va reklama tarmoqlariga uzatilmaydi. Ular faqat quyidagi hollarda uchinchi tomonga oshkor bo'lishi mumkin:
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiy talab bo'lsa;
- xizmatni ishlatib turish uchun zarur bo'lgan infratuzilma provayderlari doirasida (server hosting, e-pochta yuborish).
5. Qancha vaqt saqlanadi
Hisobingiz faol bo'lgan davrda. Hisobni o'chirsangiz, barcha ma'lumot — profil, natijalar, xatolar, saqlangan savollar — darhol va butunlay o'chiriladi. Zaxira nusxalardan 30 kun ichida chiqib ketadi.
6. Hisobni o'chirish
Ilovada: Sozlamalar → Profil → Hisobni o'chirish. Tasdiqlash so'raladi, keyin hisob va unga bog'liq hamma narsa o'chiriladi. Bu amalni qaytarib bo'lmaydi.
Ilovaga kira olmasangiz, [email protected] ga yozing — 7 kun ichida o'chiramiz.
7. Sizning huquqlaringiz
- Ma'lumotlaringiz nusxasini so'rash;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish (profil ilovada tahrirlanadi);
- o'chirishni talab qilish;
- rozilikni qaytarib olish — bu holda hisob o'chiriladi.
8. Bolalar
Ilova haydovchilik guvohnomasiga tayyorlanayotgan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Biz bilib turib 13 yoshgacha bo'lgan bolalardan ma'lumot to'plamaymiz.
9. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, ushbu sahifadagi sana yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova ichida xabar beramiz.
10. Aloqa
Savollar bo'lsa: [email protected] yoki Telegram: @pravaliuz